Ayol qadri ulug'langan yurt!
2026-07-09 16:25:00 / Yangiliklar

Bugun "Iloq" mahallasida Oila va xotin-qizlar bo'limi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, oqila ayollar hamda xotin-qizlar jam bo'ldi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo'ylab "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" bosh g'oyasi ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar davom etmoqda. Ohangaron shahrida ham "Ayol qadri ulug'langan yurt" mavzusidagi uchrashuvlar orqali xotin-qizlarga ko'rsatilayotgan e'tibor va g'amxo'rlik yana bir bor e'tirof etildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularning jamiyatdagi o'rni va nufuzini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so'z yuritildi. Nuroniylar bugungi tinch va farovon hayot, ayollar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Shuningdek, mahallardagi xotin-qizlar faollari tomonidan folklor-lapar qo‘shiqlari hamda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.





