Sayyor qabul: Fuqarolar murojaatlari e'tibor markazida
2026-07-09 15:50:00 / Yangiliklar

Aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini bevosita eshitish maqsadida shahar hokimi Sadriddin Shoqosimovning navbatdagi sayyor qabuli "Yoshlik" mahallasida bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabul davomida 20 nafardan ortiq fuqaroning murojaatlari tinglanib, har bir masala atroflicha ko‘rib chiqildi. Murojaatlarni tezkor va samarali hal etish maqsadida qabulda shahar korxona va tashkilotlari rahbarlari ham ishtirok etdi.
Fuqarolar tomonidan asosan kadastr, soliq, uy-joy, ijtimoiy himoya, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit ajratish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati hamda moddiy yordam masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Qabul davomida bir qator murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha mas'ul idoralarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi shahar hokimining shaxsiy nazoratiga olindi.
Sayyor qabullar fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni amaliy hal etishga xizmat qilmoqda.







