Eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi
2026-07-08 09:30:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan Ohangaron shahar Savdo-sanoat palatasi bo‘limi rahbari D.Uralov, Iqtisodiyot va moliya bo‘limi rahbari o‘rinbosari E.Jabbarov hamda shaharda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ishtirokida muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
Muloqot davomida joriy yilning yanvar–may oylarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eksport faoliyatini to‘xtatgan va eksport hajmini kamaytirgan korxonalar faoliyati muhokama qilindi.
Tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qo‘shni davlatlar va jahon bozorlariga eksport qilish jarayonida uchrayotgan muammolar hamda mavjud takliflar tinglandi.
Shahar hokimi tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan to‘siqlarni qonunchilik doirasida o‘rganish, ularni bartaraf etish hamda eksport salohiyatini oshirish borasida zarur amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.
Muloqot yakunida eksport hajmini kamaytirgan korxonalar rahbarlariga mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish va eksport ko‘rsatkichlarini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.


