Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan“Mustaqillik to‘yi” festivalini tadbirini tashkil etish masalalari yuzasidan yig'ilish o'tkazdi.
2026-07-06 20:45:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ–120-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahar hokimi o‘rinbosarlari, ijtimoiy soha kompleksi rahbarlari hamda mas'ul rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida Ohangaron shahar Markaziy istirohat bog'ida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida o‘tkaziladigan “Mustaqillik to‘yi” festivali tadbirlarini yuksak saviyada tashkil etish, ularning mazmun-mohiyatini boyitish hamda aholining keng qatlamini qamrab olish masalalari muhokama markazida bo'ldi.
Shuningdek, mas’ullarga tashkiliy ishlarni puxta yo‘lga qo‘yish, festival tadbirlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.


