Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov raisligida 2-sektor binosida yig'ilish o'tkazdi
2026-07-03 16:30:00 / Yangiliklar

Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov raisligida 2-sektor binosida barcha tashkilot va korxona rahbarlari, mahalla raislari hamda "Guliston" mahallasi yettiligi ishtirokida keskin tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalasi qat’iy qo‘yilib, "Guliston" mahallasi faoliyati jiddiy tanqid ostiga olindi. Hududda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar soni ortgani, eng yomoni, ularning yechimi asossiz ravishda paysalga solinib, cho‘zilayotgani shahar rahbari tomonidan jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘ldi.
Shahar hokimi har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini ta’kidlab, hududlarni tartibga keltirish, muammolarni tizimli hal etish yuzasidan barcha korxona va tashkilot rahbarlariga, shuningdek, mahalla yettiligiga qat’iy topshiriqlar berdi.



