Ohangaronda “Aqlli shahar” konsepsiyasi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda
2026-07-01 20:30:00 / Yangiliklar
Urganch shahri tajribasi asosida “Aqlli shahar” konsepsiyasini Ohangaron shahrida joriy etish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida transport harakatini raqamli boshqarish, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, tirbandliklarning oldini olish hamda ekologik holatni yaxshilash maqsadida “Aqlli chorraha” tizimlarini joriy etish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Loyiha doirasida shaharning asosiy 3 ta chorrahasi tanlab olingan bo‘lib, hozirgi kunda 2 ta chorrahada o‘rnatish va sozlash ishlari yakuniy bosqichga yetdi.
“Aqlli chorraha” tizimlari quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- yo‘l harakati xavfsizligini yanada oshiradi;
- svetoforlar ishini avtomatik tarzda muvofiqlashtiradi;
- transport tirbandliklarini sezilarli darajada kamaytiradi;
- avtotransportlar harakatini samarali boshqaradi;
- atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini qisqartirishga xizmat qiladi;
- raqamli monitoring orqali yo‘l-transport hodisalarining oldini olish imkoniyatini kengaytiradi.
Zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali Ohangaron shahrida xavfsiz, qulay va samarali transport infratuzilmasini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
