Ohangaronda “Tashabbuskor qizlar” kechasi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi
2026-07-01 19:25:00 / Yangiliklar

Yoshlar oyligi doirasida Oila va xotin qizlar bo‘limi tashabbusi hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida Ohangaron shahar Madaniyat markazida “Tashabbuskor qizlar” kechasi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbirda bilimli, iqtidorli va tashabbuskor qizlar jam bo‘lib, ular uchun motivatsion uchrashuvlar, ijodiy chiqishlar hamda madaniy dasturlar tashkil etildi.
Kechaning faxriy mehmoni — Respublika Ma'rifat targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi, falsafa fanlari doktori, psixolog, Toshkent shahar Kengashi deputati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhamedova ishtirok etib, qizlar bilan samimiy muloqot qildi. U o‘zining hayotiy tajribalari, muvaffaqiyat sari intilish, bilim olish va shaxsiy rivojlanish borasidagi tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, tadbir davomida qiziqarli sahna chiqishlari, ijodiy namoyishlar, milliy va zamonaviy raqslar namoyish etilib, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashildi.
Bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.





