Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari
2026-06-29 15:20:00 / Yangiliklar

Yoshlar oyligi doirasida o'tkazilgan "Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari" tanlovida Ohangaron shahri yoshlari yana bir bor yuqori natijalarni qayd etdi.
“Avtomobillarga xizmat ko‘rsatish” yo‘nalishida Umid mahallasi vakili Ergashev Tursunali hamda “Sartaroshlik” yo‘nalishida Iloq mahallasi vakili Samatov Holmurod viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Yoshlarimiz o‘zlarining kasbiy mahorati, intilishi va mehnatsevarligi bilan munosib natijaga erishib, tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” tanlovi yoshlarning kasbiy mahoratini namoyon etish va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan respublika miqyosidagi loyiha hisoblanadi.


