OHANGARON SHAHAR HOKIMI SADRIDDIN SHOQOSIMOVNING MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN TABRIGI
2026-06-27 08:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Hurmatli jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Ushbu sana Oʻzbekistonda har yili 27-iyun kuni nishonlanadi.
Bugungi kunda sizlarning fidokorona mehnatingiz jamiyatimizda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, aholiga tezkor va ishonchli axborot yetkazish, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritishda muhim oʻrin tutmoqda.
Ohangaron shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, bunyodkorlik ishlari va xalqimiz hayotidagi quvonchli voqealarni xolis va haqqoniy yoritib kelayotgan barcha ommaviy axborot vositalari vakillariga hamda matbuot xizmatlari xodimlariga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Sizlarga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt-saodat, ijodiy ilhom, kasbiy yutuqlar va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!
