Ohangaron shahar yoshlar yetakchilarining yutuqlari e’tirof etildi!
2026-06-26 19:30:00 / Yangiliklar

“Top-100” yetakchilar safiga kirgan No'g‘oyqo‘rg‘on MFY yoshlar yetakchisi Eshboyev O‘razali hamda Do‘stlik MFY yoshlar yetakchisi To‘laganov Ilhomiddinning ota-onalari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, “Ijodkor yetakchi” tanlovida Umid MFY yoshlar yetakchisi Abduvaitova Maftuna "Eng yaxshi shoir yetakchi" yo'nalishida faxrli 2-o‘rin, Iloq MFY yoshlar yetakchisi Tursunov Asadbek esa "Eng yaxshi publitsist yetakchi " yo'nalishida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu yutuqlar yoshlarimizning intilishi, izlanuvchanligi va fidoyiligining yorqin ifodasidir. G‘oliblarni muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!



