Markaziy shifoxonaga olib boruvchi avtomobil yo‘li ta’mirlanadi
2026-06-26 09:15:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahar markaziy shifoxonasiga olib boruvchi avtomobil yo‘lining 1,2 kilometrlik qismi uzoq yillardan buyon ta’mirtalab holatda bo‘lib, bu borada aholi tomonidan ko‘plab murojaatlar kelib tushgan edi.
Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida yo‘lni to‘liq ta’mirlash uchun shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan zarur mablag‘ ajratildi.
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tender savdolarida “City Road End Bridge” MCHJ g‘olib deb topildi.
Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov loyiha tashkiloti mutaxassislari bilan uchrashib, yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha loyiha hujjatlarini qisqa muddatlarda va sifatli ishlab chiqish yuzasidan zarur vazifalarni belgilab berdi.
Loyihalash ishlari yakunlangach, avtomobil yo‘lini kapital ta’mirlash ishlari boshlab yuboriladi.


