V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida xorijiy investorlar bilan bir qator istiqbolli kelishuvlar
2026-06-23 14:30:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 16-17-18-iyun kunlari poytaxtimizda o‘tkazilgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida xorijiy investorlar bilan bir qator istiqbolli kelishuvlarga erishilgan edi. Shahar rahbariyati tomonidan mazkur anjumanda kelishilgan loyihalarni amalda hayotga tatbiq etish maqsadida forumda ishtirok etgan investorlar bilan bugun navbatdagi amaliy uchrashuvlar o‘tkazildi.
Xususan, Ohangaron shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov hamda hokim o‘rinbosari Mirolim Mirkamolov Xitoy Xalq Respublikasining “Nanjing Hanrui Cobalt Co., Ltd” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar o‘rtasida investitsiyaviy sheriklikni yanada kengaytirish, shuningdek, sanoat ishlab chiqarishi va infratuzilma yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda asosiy e’tibor Ohangaron shahri uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik loyihaga qaratildi:
Shamol elektr stansiyalari uchun asbob-uskunalar ishlab chiqarish hamda shahar hududida muqobil elektr stansiyasi qurish korxonasini tashkil etish istiqbollari kelishib olindi.
Ushbu investitsiyaviy loyihani muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarish, qurilish va tashkiliy ishlarni jadallashtirish bo‘yicha galdagi aniq qadamlarni belgilab oldilar.
O‘tkazilgan mazmunli uchrashuv ikki tomonning ham o‘zaro savdo-iqtisodiy, sanoat va investitsiyaviy hamkorlik aloqalarini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga, o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini yaqqol namoyish etdi. Loyihaning texnik jihatlarini ishlab chiqish bo‘yicha doimiy muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.



