Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi
2026-06-22 15:55:00 / Yangiliklar

Bugun Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, shahar hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibiga shahar rivoji va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan qator muhim masalalar kiritilib, ular yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi.
Kun tartibidagi asosiy masalalar:
- “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
Ma’ruzachi: Charos Yo‘ldosheva – “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori.
- Ohangaron shahar mahalliy byudjetining 2026-yil 1-chorak ijrosi to‘g‘risida.
Ma’ruzachi: Shavkat Abdusattarov – shahar hokimining birinchi o‘rinbosari.
- Ohangaron shahrida 2026-yilning dastlabki 5 oyi davomida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi to‘g‘risida.
Ma’ruzachi: Abdulaziz Uralov – Yoshlar ishlari agentligi Ohangaron shahar bo‘limi boshlig‘i.
- Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish, kasalliklar profilaktikasi, onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda reproduktiv salomatlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot.
- Ohangaron shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida yong‘in, elektr, sanitariya hamda umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida.
Ma’ruzachi: Guljaxon Kasimova – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi shahar Kengashi raisi.
- Ohangaron shahrida mahallalar va ta’lim muassasalaridagi yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlar dasturi to‘g‘risida.
- Ohangaron shahar byudjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish hamda 2026-yil 16-martdagi VII-26-14-10-214-K/26-sonli qarorning ayrim bandlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida.
Ma’ruzachi: Shavkat Abdusattarov – shahar hokimining birinchi o‘rinbosari.
- Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining 2026-yil 17-apreldagi VII-27-20-10-214-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.



