"OILA VA XOTIN-QIZLAR MASKANI" FAOLIYATI HAMDA "AYOLLAR DAFTARI" TAHLILI
2026-06-20 19:40:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamova boshchiligidagi shahardagi yirik ishlab chiqarish korxonalaridan so‘ng, ijtimoiy sohadagi eng muhim bo‘g‘in — "Oila va xotin-qizlar maskani" faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida joriy yilda Ohangaron shahrida "Ayollar daftari" tizimi doirasida xotin-qizlarni ijtimoy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish hamda muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.
Bosh vazir o‘rinbosari maskanda olib borilayotgan tizimli ishlarni chuqur tahlil qilib, xotin-qizlar muammolari bilan manzilli ishlash va ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan zaruriy va muhim tavsiyalarni berib o‘tdi.
Ushbu muassasada oilalar mustahkamligini ta’minlash va xotin-qizlarga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida tizimli xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.
Bosh vazir o‘rinbosari maskanda joriy etilgan quyidagi yo‘nalishlar bilan bevosita tanishdi:
- nikohlanuvchi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash;
- nikoh qurganiga 5 yil to‘lmagan yosh oilalar bilan ishlash;
- oilaviy ajrim yoqasiga kelib qolgan nizoli oilalarga ijtimoiy-psixologik ko‘mak berish:
- psixologik va huquqiy ko‘mak;
- oila munosabatlari bo‘yicha professional maslahatlar;
- reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish;
- kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish;
- xavfsiz va qonuniy migratsiyani tashkil etish bo‘yicha tushuntirish ishlari.
Zulayho Maxkamova maskanda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirar ekan, bu kabi markazlar har bir oilaning haqiqiy suyanchig‘iga aylanishi lozimligini ta’kidladi.



