“Mustaqillik to‘yi” festivali ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
2026-06-20 19:20:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahar “Namuna” mahallasidagi Madaniyat va istirohat bog‘ida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali bo‘lib o‘tdi.
Festivalda mahalla ahli va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, ular uchun ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar, badiiy-musiqiy dasturlar, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etuvchi tadbirlar hamda ko‘ngilochar chiqishlar namoyish etildi.
Kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar va samimiy muloqotlarga boy o‘tgan festival ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, yurtimizdagi tinchlik, hamjihatlik va birdamlik muhitini yana bir bor namoyon etdi.





