Ohangaron shahar bitiruvchilarga oltin medallar tantanali topshirildi
2026-06-19 18:25:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahardagi umumta’lim maktablarini a’lo natijalar bilan tamomlagan, bilim va tarbiyada yuksak natijalarga erishgan bitiruvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov, Respublika ishchi guruhi vaki Baxtiyar Musurmonov, shahar prokurori Mahmud Umarov hamda shahar IIB boshlig'i Saidxon Kamilxanov ishtirok etib, oltin medal sohiblarini, ularning ota-onalari va fidoyi ustozlarini samimiy muborakbod etishdi.
Shahar hokimi o‘z nutqida bugungi yuksak yutuqlar ortida o‘quvchilarning tinimsiz mehnati, ota-onalarning cheksiz ishonchi va ustozlarning kecha-yu kunduz qilgan fidokorona sa’y-harakatlari yotganligini alohida ta’kidladi. Yoshlarga kelgusida ham yurt ravnaqi uchun munosib kadrlar bo‘lib yetishish, oliy ta’lim va kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir yakunida medal sohiblariga tantanali ravishda mukofotlar topshirilib, ularning kelajakdagi yutuqlariga ezgu tilaklar bildirildi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda shaharda maktablarining 11-sinfini tamomlagan 301 nafar bitiruvchidan 12 nafari oltin, medal bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimi yoshlarga bildirilgan yuksak e’tibor va ularning kelajagiga bo‘lgan ishonchning yana bir ifodasi bo‘ldi.





