Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
2026-06-18 16:55:00 / Yangiliklar

Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan Birlik mahallasi fuqarolar tomonidan yo‘llangan har bir murojaatni qisqa muddatlarda hal etish borasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
Jumladan, mahalla hududiga o‘rnatilgan quyosh panellarining ishlamayotgani bo‘yicha murojaat ko‘rib chiqildi. Holatni bartaraf etish maqsadida mas’ullarga malakali mutaxassislarni jalb etish hamda uskunalarning to‘liq va sifatli ishlashini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.
Shuningdek, fuqarolardan biri bog‘idagi mevali daraxtlar suv ta’minotidagi muammolar sabab qurib borayotganini ma’lum qilib, amaliy yordam so‘radi. Shahar hokimi ushbu masalani ham joyida o‘rganib, hududga suv tarmog‘ini tortish va sug‘orish masalasini hal etish bo‘yicha tegishli rahbarlariga aniq vazifalar belgilab berdi.




