Yozgi oromgohlarda mazmunli dam olish jarayonlari davom etmoqda
2026-06-15 15:35:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahar 1- va 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan yozgi oromgohlar hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, “Yosh Liderlar” oromgohida bolajonlar uchun sport, san’at, xorijiy tillar bo‘yicha interaktiv mashg‘ulotlar, ijodiy to‘garaklar hamda sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etilib, o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazmoqda.
Shuningdek, turli ijodiy va jamoaviy mashg‘ulotlar orqali bolalarning iste’dodini yuzaga chiqarish, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, intellektual hamda jismoniy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Yozgi oromgohlarda har bir kun — yangi bilim, yangi do‘stlar va unutilmas taassurotlarga boy lahzalar bilan o‘tmoqda!





