Murojaatlar nazoratda: Shahar hokimi mahallalardagi ta’mirlash va qurilish ishlarini joyida ko‘zdan kechirdi
2026-06-13 14:10:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahrida aholi tomonidan bildirilgan har bir murojaat va takliflarning ijrosi qat’iy nazoratga olinib, amalda bajarilmoqda.
Bugun shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov bevosita joylarga chiqqan holda, fuqarolar murojaatlari asosida mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish va qurilish-ta’mirlash ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi.
Ayni vaqtda Markaziy stadion kirish qismidagi nosoz temir panjaralarni ta’mirlash va beton quyish ishlari olib borilmoqda.
Shahar hokimi qurilish va ta’mirlash ishlarining har bir bosqichi sifatli, mahalliy aholi uchun uzoq yillar xizmat qiladigan darajada puxta bajarilishi shartligini ta’kidlab, mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlarni berdi.
"Maqsadimiz — fuqarolarimiz uchun mahallalarda qulay va xavfsiz yashash sharoitini yaratish", — dedi shahar hokimi.


