Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkillashtirildi
2026-06-13 11:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 12-iyun kuni Toshkent viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Ohangaron shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka komaklashish bo'limi ishtirokida Nurobod MFY mahalla fuqarolar yig‘inidagi 52-sonli umumta'lim maktabida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkillashtirildi. Mehnat yarmarkada Ohangaron shahridagi 6 ta korxona va tashkilotlar 68 ta bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi.
Yarmarkada ishtirok etgan band bo’lmagan ishsizlarning 50 nafar fuqarolar qatnashdilar. 5 nafar fuqarolar ishga joylashish istagi borligini bildirdi va 1 nafar fuqaro korxona tashkilotiga ishga joylashtirildi.
Shuningdek, fuqarolarga turli masalalarda mehnat qonunchiligi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, hunarmandchilikni rivojlantirish va kasbga o‘qitish borasida maslahatlar berildi.



