Bugun shahar hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo'lib o'tdi
2026-06-10 11:10:00 / Yangiliklar

Bugun, 10-iyun kuni shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov hamda hokim o‘rinbosarlari Sh.Abdusattarov va K.Usmanova tomonidan Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan 10 nafardan ortiq murojaatlarni ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning asosiy qismini uy-joy ajratish, moddiy yordam, ta’lim sohasi, sog‘liqni saqlash hamda qurilish bo'yicha masalalar tashkil etdi.
Qabul jarayonida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida joyida ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati tezkorlik bilan hal etildi. Vaqt talab etadigan ayrim masalalar esa soha rahbarlariga biriktirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga amaldagi qonunchilik doirasida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.
Qabuldan so‘ng shahar hokimi tomonidan korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish, har bir murojaatni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.






