Iloq mahallasida fuqarolar murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
2026-06-09 11:15:00 / Yangiliklar

Bugun shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov Iloq mahallasida boʻlib, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar ijrosini joyiga chiqqan holda, tanqidiy-tahliliy ruhda oʻrgandi.
O‘rganish davomida hududdagi mavjud muammolar va kamchiliklar ko‘zdan kechirilib, mahalla xodimlariga aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi. Xususan, mahalla raisiga hududni ozoda saqlash, mahalla binosi atrofi va hududini obodonlashtirish, hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisiga aholi bilan tizimli ishlash va belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish topshirildi.
Shuningdek, chiqindi to‘plash maydonchasini tartibga keltirish, aholi uchun qulay, xavfsiz va toza muhit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Mahalla binosi yonida qurilishi boshlangan, biroq hozirda to‘xtab qolgan obyekt holati ham tanqidiy ko‘rib chiqildi. Mazkur holat yuzasidan shahar kadastr bo‘limiga hujjatlarni o‘rganish, qurilishning to‘xtab qolish sabablari hamda tadbirkorni qiynayotgan muammolarni aniqlash bo‘yicha topshiriq berildi.
Bundan tashqari, mahalladagi 18-sonli ko‘p qavatli uy yer to‘la qismida namlik kuzatilayotgani yuzasidan murojaat joyida o‘rganilib, ushbu muammoni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida, hududiy Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) hamda shahar Suv taʼminoti korxonasi rahbarlariga birgalikda ish tashkil qilish topshirig'i berildi. Murojaatni toʻliq nazoratga olib, yer toʻladagi namlik sabablarini aniqlash va qisqa muddatda nosozliklarni butkul bartaraf etish boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklatildi.
"Aholi murojaatlari qogʻozda emas, amalda va joyida oʻz yechimini topishi shart", — deya taʼkidladi shahar hokimi yigʻilish yakunida



