Iloq mahallasidagi yo‘l holati o‘rganildi
2026-06-08 18:10:00 / Yangiliklar

Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan Iloq mahallasi hududidan o‘tuvchi A-373 avtomagistral yo‘lining yon qismida, shahar Suv ta’minoti korxonasi tomonidan nosozlik sabab qazilgan va buzilgan yo‘l qismi joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida mazkur holat aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani qayd etilib, nosozliklar to‘liq bartaraf etilgach, yo‘lni qisqa muddatlarda ta’mirlash, hududni tartibga keltirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, shahar hokimi tomonidan ta’mirlash ishlarini sifatli va tizimli tashkil etish, yo‘l qismida xavfsizlik choralarini kuchaytirish alohida ta’kidlandi.

