“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi — amaliy yechimlarga qaratilgan muloqot
2026-06-04 17:25:00 / Yangiliklar

Bugun shahar hokimi S. Shoqosimov, shahar prokurori M. Umarov, shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i B. Axmedov hamda shahar hokim o'rinbosari M.Mirkamolov "Yoshlar markazi"da navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazdilar.
Muloqot yakunida har bir murojaat bo‘yicha individual reja-tadbir ishlab chiqildi. Joy va kredit masalasi bo‘yicha mas’ullarga aniq muddatli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Yoshlarning muammosini tinglashgina emas, balki ularning tashabbuslarini real daromad manbaiga aylantirishga ko‘maklashish.
Yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va muammolar rahbarlar tomonidan diqqat bilan tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Muloqot chog‘ida har bir yoshning muammosi, orzu-umidlari va hayotiy maqsadlari alohida e’tibor bilan o‘rganildi. Tadbir yakunida har bir yosh bo‘yicha individual reja-tadbirlar ishlab chiqilib, ijrosi yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.







