SHAHAR HOKIMI O'RINBOSARI HUDUDLARDA
2026-06-04 12:50:00 / Yangiliklar

Shahar hokimi o'rinbosari-Oila va xotin-qizlar bo'limi K.Usmanova hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakili L.Xasanov bilan birgalikda "Ayollar daftari" VII bosqichi bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar hamda "Voyaga yetmaganlar hisobiga aliment undiruvi" bo'yicha vazifalar yuzasidan Do‘stlik "mahalla yettiligi" bilan suhbat olib borildi.
"Ayollar daftari" ro'yxatiga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta'minlash, kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitish, tibbiy, psixologik va huquqiy yordamlar yuzasidan vazifalar taqsimlab olindi.
Aliment undiruvi masalasida
-ishsizlarni aniqlab, ishga joylashtirish;
-doimiy ishi bilan band, lekin undiruv yo'lga qo'yilmagan;
-aliment undiruvi ish haqiga qaratilganlarni, qarzdorlikdan chiqarish;
-oylik daromadini kamaytirib ko‘rsatayotgan ayrim qarzdorlarga tegishli tartibda chora ko‘rish va boshqa toiifalar bo'yicha qarzdorlar manzilli aniqlanib, kerakli chora-tadbirlar amalga oshirilish belgilab olindi.


