Bugun, 3-iyun kuni shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan “Navbahor" mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
2026-06-03 15:30:00 / Yangiliklar

Sayyor qabulda shahar Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Botir Ahmedov hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirok etdilar.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan 10 nafardan ortiq murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, kadastr, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, ekologiya, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati bilan bog‘liq murojaatlar atroflicha tinglanib, joyida baratarf etildi. Ayrim vaqt talab qiladigan murojaatlar tegishli tashkilot rahbarlariga biriktirildi.




