Erta homiladorlik, erta nikoh va erta tugʻruq holatlari va ularning salbiy oqibatlariga qarshi qatʼiy kurash
2026-05-20 16:25:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahar 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari bilan yozgi ta'til vaqtida o'quvchi yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Erta homiladorlik, erta nikoh va erta tugʻruq holatlari va ularning salbiy oqibatlari" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i K.Usmanova "Dolzarb 90 kunlik" doirasida "Mahalla-maktab-oila" hamkorligini kuchaytirish, voyaga yetmaganlar o'rtasida salbiy holatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlarni belgilash lozimligi tushuntirildi.
Shuningdek, maktab ma'muriyati va mahalla mas'ularga tegishliligi bo'yicha topshiriq va ko'rsatmalar berildi.


