Sayyor qabul
2026-05-20 14:00:00 / Yangiliklar

Bugun, 20-may kuni shahar hokimi birinchi o'rinbosari Shavkat Abdusattarov tomonidan “Yoshlik” mahallasida aholi bilan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda shahar hokim o'rinbosari K.Usmanova hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirok etdilar.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan 10 nafardan ortiq murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, kadastr, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati bilan bog‘liq murojaatlar atroflicha tinglanib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Ayrim vaqt talab qiladigan murojaatlar tegishli tashkilot rahbarlariga biriktirildi.




