“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida seminar tashkil etildi
2026-05-19 18:30:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahar hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi M.Masavurov tashabbusi bilan shahrimiz ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan informatika fani o‘qituvchilari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminar “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida yoshlarning zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sun’iy intellekt sohasidagi bilimlarini kengaytirish maqsadida o‘tkazildi.
Seminar davomida aileaders.uz va aistudy.uz platformalarining imkoniyatlari, sun’iy intellekt yo‘nalishida ta’lim olish, zamonaviy kasblarni egallash hamda kelajakda ushbu yo‘nalishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar platformalardan foydalanish tartibi va bugungi kunda AI texnologiyalarining turli sohalardagi o‘rni bilan yaqindan tanishdilar.



