“Ayollar daftari” 7-bosqichi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
2026-05-18 15:40:00 / Yangiliklar

Bugun, 18-may kuni Ohangaron shahar hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i K.Usmanova boshchiligida “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan shtab a’zolari, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari hamda ijtimoiy xodimlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 239-son qarori hamda 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori 1-ilovasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, “mahalla yettiligi” tomonidan xatlov natijasida aniqlangan xotin-qizlarni to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularni toifalar kesimida o‘rganish hamda zarur tezkor ijtimoiy yordam choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.



