Abduvohiddan ham oltin medal!
2026-05-18 09:05:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahar Qo‘rg‘on mahallasida istiqomat qiluvchi Abduvohid Abdumajidov boks bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi.
-70 kg vazn toifasida kechgan final bahsida hamshaharimiz Abduvohid Abdumajidov eronlik Farzan Ahmadiga qarshi ringga ko‘tarildi. Bellashuvning birinchi raundida raqib ustun kelgan bo‘lsa, ikkinchi raundda vakilimiz ochkolar hisobida tashabbusni qo‘lga oldi.
Hal qiluvchi uchinchi raundda esa Abduvohid raqibiga imkon qoldirmay, jangni 4:1 hisobida o‘z foydasiga yakunladi va yurtimiz uchun navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu yutuq nafaqat sportchimizning mehnati, balki Ohangaron yoshlari salohiyati va yurtimiz sportidagi yuksak natijalarning yana bir yorqin ifodasidir.
Chempionimizni ushbu yorqin g‘alaba bilan muborakbod etamiz!




