MADANIY TADBIR
2026-05-18 09:00:00 / Yangiliklar

Kecha, 17-may kuni, Ohangaron shahar Madaniyat va istirohat bog‘i amfiteatrida aholi, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida gala konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Konsert davomida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov hamda iste’dodli estrada xonandasi Sunatilla Do‘stov tomonidan Vatan madhiga bag‘ishlangan, diltortar va ko‘ngillarga xush kayfiyat ulashuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Musiqiy kecha yig‘ilganlarga ko‘tarinki ruh va unutilmas taassurotlar ulashdi.


