Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
2026-05-15 17:15:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Abdusattarov, shahar prokurori yordamchisi O.Farikov hamda shahar Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi Sh.O‘simboyev tomonidan korxona va tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2026-yil 13-mart kuni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtirilib, Ohangaron shahrida Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash shtabi tashkil etilgan. Shtab faoliyati doirasida kelib tushayotgan murojaatlar tanqidiy tahlil qilinib, yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlashtirildi hamda eng dolzarb masalalar alohida nazoratga olindi.
Yig‘ilish yakunida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolar muammolarini o‘z vaqtida hal etish va ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.




