Ohangaron shahrida navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
2026-05-14 16:00:00 / Bugungi kun yangiliklari

Ohangaron shahrida har haftaning payshanba kuni “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tizimli va izchil ravishda tashkil etib kelinmoqda. Xususan, bugun shahrimizdagi 1-sonli umumta’lim maktabida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov, shahar prokurori Mahmud Umarov, shahar departamenti bo‘limi boshlig‘i Otabek Oriyev, shuningdek tegishli tashkilot va ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida shahrimizdagi maktablarning bitiruvchi yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda yoshlarning kelajak rejalari, ta’lim olish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish bo‘yicha fikr hamda takliflari tinglandi.
Shuningdek, bitiruvchi yoshlarning kelajakdagi rejalari, orzu-istaklari va jamiyatda o‘z o‘rnini topish borasidagi fikrlari tinglandi hamda yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha muhokama qilinib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi. Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning muammolarini joyida hal etish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutmoqda.
Tadbir yakunida oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin talabalikka tavsiya etilgan hamda o‘zining faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan yoshlar tabriklanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, ularning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash esa ustuvor vazifalardan biridir.







