Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
2026-05-13 16:55:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi raisi Yodgor Alisherov hamda Kotibiyat mudiri Oybek Abdullayev tomonidan “Shodlik” MFY hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarga ajratilgan imtiyozli kreditlar holati atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, fuqarolarning ajratilgan imtiyozli kreditlardan qay darajada samarali foydalanganligi, kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda oilalar daromadini oshirish borasidagi natijalar ko‘rib chiqildi.
Tashrif davomida tadbirkorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning faoliyati, mavjud muammo va takliflari tinglandi. Tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.




