TANQIDIY-TAHLILIY YIG‘ILISH: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
2026-05-12 20:55:00 / Majlislar

Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov raisligida hokim o‘rinbosarlari hamda apparat xodimlari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida yarim yillik rejalar ijrosini ta’minlashda yangicha tizim va shaxsiy mas’uliyat bilan belgilangan muddatlar kelishini kutib o‘tirmasdan, bandlik, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, investitsiya va qurilish yo‘nalishlaridagi barcha ishlarni tizimli ravishda jadallashtirish hamda yarim yillik ko‘rsatkichlarni muddatidan avval bajarish shartligini qat’iy ta’kidladi.
Xususan, har bir sohada amalga oshirilayotgan ishlar bevosita shahar rivojlanishining KPI (asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari) darajasiga ta’sir qilishi, raqamlarning ortida xalq manfaati turishi alohida qayd etildi. Shu munosabat bilan, shahar hokim soha mas’ullariga ishga bo‘lgan yondashuvni tubdan o‘zgartirish, mas’uliyatni his qilgan holda faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha quyidagi qat’iy topshiriqlarni berdi.
Xususan:
- Ohangaron dehqon bozorida oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlar narx-navosi barqarorligini ta’minlash, bozor hududida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish;
- aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda iqtisodiy faoliyatni “soya iqtisodiyoti”dan chiqarish bo‘yicha reja ko‘rsatkichlarini bajarish;
- ta’lim muassasalarida o‘quvchilar davomatini kunlik nazorat qilib borish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori ijrosi doirasida ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklariga domofon va kuzatuv kameralarini o‘rnatish;
- to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, eksport hajmini oshirish hamda korxonalar faoliyatini jadallashtirib, yarim yillik rejalarni bajarish;
- mahallalardagi nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, jamoatchilik komissiyalari ishtirokida yarashtirish choralarini ko‘rish, aliment undirish ishlarini jadallashtirish hamda “Ayollar daftari” bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda ayrim yo‘nalishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani tanqid qilinib, mas’ullarga kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, shahar hokimi har bir murojaatni 5 kunlik muddat ichida ijobiy yechimini topish bo‘yicha mas’ullarga shaxsiy mas’uliyat yukladi.


