Muammoli kreditlar masalasi muhokama qilindi
2026-05-13 09:50:00 / Majlislar

Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov raisligida hokim yordamchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda asosiy e’tibor muddati o‘tib ketgan hamda muammoli kreditlar (NPL) bilan ishlash masalalariga qaratildi. Xususan, qarzdorlar tomonidan belgilangan muddatlarda kredit to‘lovlarini amalga oshirmaslik holatlari tahlil qilinib, bu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish davomida hokim yordamchilariga o‘z hududlarida fuqarolar holatini manzilli o‘rganish, muammoli kreditlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda bank xodimlari bilan hamkorlikda muddati o‘tgan kreditlarni undirish ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, aholining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish hamda muammoli qarzdorliklarni kamaytirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.


