Sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
2026-05-05 09:00:00 / Yangiliklar

Shahar hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi M. Masavurov tashabbusi bilan shahar hokimligida hokim yordamchilari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida sun’iy intellekt vositalaridan kundalik ish jarayonlarida samarali foydalanish, xususan, hisobotlar tayyorlash, tadbirkorlar bilan ishlash hamda hududiy muammolarni tahlil qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan qo‘shimcha tushuntirishlar berilib, tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni onlayn savdoga chiqarish, jumladan Uzum Market va boshqa marketpleys platformalariga joylashtirish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga sun’iy intellektdan tizimli foydalanish orqali ish samaradorligini oshirish hamda tadbirkorlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.


