9-may – Xotira va qadrlash kuni
2026-05-07 11:00:00 / Yangiliklar

Bugun Ohangaron shahrida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tinchlik va osoyishtalik yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ehtirom marosimi shahrimizning muqaddas maskani — “Motamsaro ona” haykali poyida tashkil etildi. Majmua poyiga Ohangaron shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov, Respublika ishchi guruhi vakillari, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari va hokimlik apparat xodimlari hamda barcha soha mutasaddilari tomonidan yuksak ehtirom ramzi sifatida gulchambarlar qo‘yildi.
Marosimda nuroniylar, mahalla faollari va yoshlar vakillari ishtirok etib, bugungi tinch va farovon kunlar uchun kurashgan qahramonlar xotirasi oldida bosh egdilar. Ayniqsa, tadbir doirasida vatanparvarlik va mardlik timsoli sifatida namoyish etilgan harbiylarning tantanali saf tortib o‘tishi yig‘ilganlarda faxr va iftixor tuyg‘ularini yanada jo‘sh urdirdi.



