Xotira — muqaddas, qadr — aziz!
2026-05-08 12:50:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahrida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbirlari davom etmoqda.
Kecha 7-may kuni shahar hokimligi tashabbusi bilan “Shohsaroy” tantanalar majmuasida shahrimiz nuroniylari va mehnat faxriylari uchun bayram dasturxoni yozildi.
Tadbirda shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.
"Ajdodlarimiz jasorati oldida doimo bosh egamiz. Ularning jasorati, sabr-toqati va fidoyiligi tufayli bugungi tinch va osoyishta hayotimiz barpo etildi. Ularning yorqin xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi," — deya ta’kidladi shahar rahbari.
Samimiy muloqotlar va ezgu niyatlar bilan o‘tgan tadbirda kuy-qo‘shiqlar esa davraga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.





