Tadbirkorlik maskanlari foydalanishga topshirildi
2026-05-08 13:45:00 / Yangiliklar

Kecha “No‘g‘oyqo‘rg‘on” mahallasida nafaqat zamonaviy mahalla binosi, balki hudud aholisi uchun zarur bo‘lgan qator tadbirkorlik maskanlari ham foydalanishga topshirildi.
Mahalla hududida zamonaviy savdo do‘konlari o‘z faoliyatini boshladi. Endilikda mahalla ahli uzoqqa bormasdan, o‘z hududida sifatli, arzon va qulay xizmatlardan foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tunikabond mahsulotlarini tayyorlashga ixtisoslashgan yangi sexning ishga tushishi mahalladagi ishsiz yoshlar bandligini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.
Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov yangi ochilgan tadbirkorlik ob’ektlarini ko‘zdan kechirar ekan, tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.
“Mahalla binosining yonida mana shunday savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalarining ochilishi — hududning chinakam markazga aylanayotganidan dalolat. Bu yerda ham davlat xizmati, ham tadbirkorlik uyg‘unlashgan,” — deya ta’kidladi shahar rahbari.





