Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan Ohangaron dehqon bozori hududida muborak Ramazon oyi munosabati bilan tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rgandi
2026-02-22 12:20:00 / Yangiliklar

O‘rganish jarayonida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash, aholiga sifatli va arzon mahsulotlar yetkazib berish, savdo rastalarining holati hamda bozor hududidagi infratuzilma masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, hududdagi ayrim savdo joylarini ta’mirlash, bo‘sh turgan maydonlarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Bozor hududida to‘planib qolgan chiqindilar, sanitariya va tozalik qoidalariga to‘liq rioya etilmayotgani tanqidiy tahlil qilinib, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, hududni tartibga keltirish hamda bunday holatlarning qayta takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Mas’ul tashkilot va bozor ma’muriyatiga nazoratni kuchaytirish, sanitariya holatini doimiy ravishda saqlash hamda aholiga qulay savdo muhitini yaratish vazifasini yuklatdi.


