Yashil makon
2026-02-21 15:00:00 / Yangiliklar

Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan “Yashil makon” dasturi doirasida A–373 avtomobil yo‘lining chetki qismida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida yomg‘irlatib sug‘orish tizimini barpo etish ishlari davom etmoqda.
Mazkur hududda 470 metr uzunlikda sug‘orish quvurlari yotqizilib, yashil hududlarni muntazam parvarishlash uchun zarur infratuzilma yaratildi. Shahar hokimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganilib, mas’ul tashkilotlarga loyihani sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Ushbu hududda ko‘chat va yashil maydonlarni kengaytirish, atrof-muhitni yaxshilash hamda shahrimizning ekologik barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.


