Tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar bilan ochiq muloqot uchrashuvlari oʼtkazildi.
2026-02-21 14:55:00 / Yangiliklar

Bugun 3-umumta’lim maktab binosida Respublika ishchi guruhi hamda Ohangaron shahar hokimligi tomonidan tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar bilan ochiq muloqot uchrashuvlari oʼtkazildi.
Uchrashuvda Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar hamda Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida qayd etilgan iqtisodiyotni rivojlantirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga doir ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, mavjud imtiyoz va preferensiyalardan samarali foydalanish, bo‘sh turgan bino-inshootlar hamda yer uchastkalarini tadbirkorlikka jalb etish masalalari muhokama etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning savol va takliflari eshitilib, bir qator murojaatlar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi, qo‘shimcha ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar yuklatildi.


