Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
2026-02-19 14:30:00 / Yangiliklar

Respublika ishchi guruhi hamda Ohangaron shahar hokimligi tashabbusi bilan shahar hokimligi majlislar zalida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbir davomida Davlatimiz Rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida belgilangan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, bo‘sh bino-inshootlar hamda yer maydonlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot jarayonida tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
SERVOLUX CA” MCHJ XK rahbari Moiseenko Vitaliy tomonidan korxona faoliyati, tadbirkorlik faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi hamda bugungi kundagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari va istiqboldagi rejalar yuzasidan fuqarolar bilan fikr almashdi.
Tadbir yakunida shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan Moiseenko Vitaliyga esdalik sovg‘alari topshirildi.



