Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi
2026-02-19 18:05:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 19-fevral kuni Ohangaron shahar hokimligi hamda Ohangaron shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan “Yangilik” mahalla binosida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada 5 ta korxona va tashkilot ishtirok etib, mavjud 35 ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi. Korxonalar tomonidan ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbirda 18 nafar band bo‘lmagan fuqaro ishtirok etdi. Shundan 4 nafar fuqaro “STEEL PIPE COMPANY” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishga joylashish istagini bildirib, korxonaning kadrlar bo‘limiga yo‘naltirildi. 3 nafar fuqaro esa vaucher asosida kasb-hunar o‘quv kurslariga yuborildi.
Shuningdek, fuqarolarga mehnat qonunchiligi, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, kasbga o‘qitish imkoniyatlari yuzasidan zarur maslahat va tushuntirishlar berildi.


