Ohangaron shahrida ajrimlarning oldini olish hamda oila mustahkamligini saqlash maqsadida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
2026-02-18 20:30:00 / Yangiliklar

Bugun shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudi, "Xonobod" jome masjidi hamkorligida "Oila va xotin-qizlar" maskanida sayyor sud o‘tkazildi.
Unda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudi sudyasi A.Rajabov, Xonobod jomʼe masjidi imom xatibi X. Axamadxonov, shahar hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i K.Usmanova, "Oqila ayollarni harakati" rahbari D.Sodikova, shahar bosh otinoyisi N.Alimbekovalar nizoli, ajrim yoqasidagi oilalarning fikrlarini eshitib, kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.

