Shahar hokimining sayyor qabuli: xalq murojaatlari amalda hal etilmoqda
2026-02-18 14:00:00 / Yangiliklar

Bugun Ohangaron shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida 20 nafardan ortiq fuqaroning murojaatlari shaxsan hokim tomonidan tinglanib, atroflicha ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning asosiy qismini ishga joylashtirish, oila nizolari, maktab va maktabgacha ta’lim, yoshlar masalalari, sog‘liqni saqlash hamda tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq muammolar tashkil etdi.
Qabul jarayonida ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga oid masalalar tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida joyida o‘rganilib, aksariyati tezkorlik bilan ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi shahar hokimi tomonidan shaxsan nazoratga olindi.
Mazkur sayyor qabul aholining dardini eshitish, muammolarini joyida hal etish va xalq bilan ochiq muloqotni ta’minlash borasidagi izchil siyosatning amaliy ifodasidir.



