Shahar hokimining sayyor qabuli: murojaatlar nazoratda
2026-02-17 18:55:00 / Yangiliklar

Bugun tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot uchrashuvida "Bo‘ston" mahallasida istiqomat qiluvchi A. Abjaliyev tomonidan ish bilan ta’minlash masalasida murojaat bildirildi.
Mazkur murojaat yuzasidan shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan fuqaro bilan alohida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqaroning sog‘lig‘i bilan bog‘liq holati inobatga olinib, ko‘rish qobiliyati bo‘yicha 2-guruh nogironligi mavjudligi e’tiborga olindi.
Shahar hokimining topshirig‘iga asosan, Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Y. Mahmanazarov tomonidan fuqaroning sog‘ligi chuqur o‘rganilib, qo‘shimcha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish maqsadida Toshkent shahriga yo‘llanma rasmiylashtirildi.


