Bugun shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan tashkilot rahbarlari hamda mahalla “yettiligi” a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi
2026-02-16 10:50:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri jarayonlarini belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari bo’yicha topshiriq berildi. Mazkur jarayonlarning sifatli va to‘liq amalga oshirilishi yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli qarori doirasida mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish, uni aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida samarali faoliyat yuritishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Fevral–mart oylarida mahallalarda “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida shahar hududlarini obodonlashtirish hamda hashar ishlarini tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi va mazkur ishlarni tez sur’atlarda amalga oshirish vazifasi yuklatildi.
Shuningdek, “Ayollar daftari” bo‘yicha aholini ro‘yxatga olish ishlarini jadallashtirish, ehtiyojmand xotin-qizlarni aniqlash hamda ularga manzilli yordam ko‘rsatish choralarini kechiktirmasdan ko‘rish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida barcha belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli va tezkorlik bilan bajarish yuzasidan mas’ullarning shaxsiy javobgarligi alohida ta’kidlandi.



